Bill Geyts sobiq rafiqasini milliard dollarlik fond boshqaruvidan chetlashtirishi mumkin

Olam

image
Milliarder Bill Geytsning sirlari ochildi  north_east

Milliarder Bill Geytsning sirlari ochildi 

Microsoft asoschisi Bill Geyts va uning sobiq rafiqasi Melinda French Geyts o‘zlari asos solgan AQSHdagi eng katta xayriya jamg‘armasini birgalikda boshqarish imkoniyatini ko‘rish uchun ikki yillik sinov muddati oldi. Bu haqda CNN xabar bergan.  

“Agar ikki yildan so‘ng, ulardan qaysi biridir hamrais sifatida birgalikda ishlashni davom ettira olmaslikka qaror qilsa, French Geyts hamrais va ishonchli vakil lavozimlaridan ketadi”, degan Bill va Melinda Geytsning jamg‘armasi bosh direktori Mark Suzman. 

Suzmanning so‘zlariga ko‘ra, agar sobiq er-xotinlar birgalikda ishlamasa, Bill Geyts yagona rahbar bo‘lib qoladi. Melinda French Geyts esa o‘z ixtiyoriga ko‘ra xayriya uchun sarflashi mumkin bo‘lgan ulushini oladi. 

Ta’kidlanishicha, o‘tgan oyda jamg‘armaning asosiy investorlaridan biri, Bill Geytsning yaqin do‘sti, milliarder Uorren Baffet ishonchli vakil sifatida iste’foga chiqqan. 

“Mening maqsadlarim jamg‘armaning maqsadlari bilan 100 foiz bir xil va bu maqsadlarga erishish uchun mening jismoniy ishtirokim hech qanday tarzda talab qilinmaydi”, degan u o‘z harakatini izohlab. 

Ma’lumot o‘rnida, Bill va Melinda Geyts jamg‘armasi 2000 yilda ochilgan va hozirda 50,7 milliard dollarlik aktivlarga ega. 

Eslatib o‘tamiz, Bill Geytsning turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishi haqida joriy yilning may oyi boshida ma’lum bo‘lgandi. Ular 27 yillik turmushi davomida 3 farzandni tarbiyalab, dunyo bo‘ylab faoliyat yurituvchi xayriya fondini tashkil qildi. Juftlik 1994 yilda Gavayi orollarida turmush qurgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bill Geyts Melinda Geyts

Baholaganlar

51

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing