Milliarder Bill Geytsning sirlari ochildi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Microsoft asoschisi Bill Geyts oilasi bo‘la turib, bir necha bor o‘z xodimlarini uchrashuvga taklif qilgan. Bu haqda “The New York Times” manbalariga asoslanib yozgan.  

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Geyts 2006 yilda Microsoft xodimini kechki ovqatga taklif qilgan. 

Nashr, shuningdek, xayriya jamg‘armasi xodimi bilan sodir bo‘lgan ishni tasvirlagan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, ziyofatlardan birida Geyts uni uchrashuvga taklif qilgan. 

“Men seni ko‘rmoqchiman. Men bilan ovqatlanasanmi?”, degan Geyts ayolga. 

Qayd etilishicha, olti nafar xodim bunday hodisalar noqulay ish muhiti yaratganini ta’kidlagan. 

Shu bilan birga, boshqa xodimlar Geytsning xatti-harakatlari tahlikali bo‘lmagani, u ayollarga bosim o‘tkazmagani va ultimatum qo‘ymaganini ma’lum qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Bill Geyts turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishini e’lon qilgan. Ular 27 yillik turmushi davomida 3 farzandni tarbiyalab, dunyo bo‘ylab faoliyat yurituvchi xayriya fondini tashkil qildi. Juftlik 1994 yilda Gavayi orollarida turmush qurgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bill Geyts

Baholaganlar

1555

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing