Berdimuhamedovni o‘ldiga chiqarganlar hibsga olinyapti
Olam
−
29 iyul 2019
11952Xabaringiz bor, o‘tgan haftada Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Ammo bu xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi. Oradan bir necha kuni o‘tib, Gurbanguli Berdimuhamedov ko‘rinish berdi.
“Turkmaniston yilnomasi” nashrining xabar berishicha, 25 iyuldan mamlakatda Prezidentning vafoti haqidagi mish-mishlar bo‘yicha ishlar boshlangan. Ashxobod va hududiy kuch tuzilmalari kuchaytirilgan tartibda ishlay boshlagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Lebop viloyatida mamlakatdagi vaziyatni izdan chiqaruvchi mish-mishlar tarqatishda ayblangan 3 kishi qo‘lga olingan. “Turkmantelekom”ning Lebop viloyati bo‘limi xodimi, suv xo‘jaligi ishchisi va uy-kommunal xo‘jalik ishchisi hibsga olingan.
Bundan tashqari, qarshi tashviqot olib borish, Madaniyat vazirligiga topshirilgan.
Shu sababdan turkman shou-biznes yulduzlari o‘z Instagram sahifalarida yolg‘onni to‘xtatishga chaqiryapti. Ular yolg‘on xabar tarqatuvchilarni Vatanga xoinlikda ayblagan.
LiveBarchasi