Berdimuhamedov Turkmaniston harbiy elitasiga pulemyotdan foydalanish bo‘yicha “dars o‘tdi” (video)

Olam

Joriy yilning 2 sentyabr kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Davlat xavfsizlik kengashining sayyor yig‘ilishini o‘tkazdi. Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Mudofaa vaziri Begenchu Gundog‘diyevga Turkmaniston mustaqillik kuni munosabati bilan harbiy parad o‘tkazish buyurildi.

Uchrashuvdan keyin Berdimmuhamedov harbiy va huquq-tartibot idoralari rahbarlariga turli qurollardan o‘q otish mahoratini namoyish qilgan.

Harbiy va huquq-tartibot idoralari rahbarlari navbati bilan quroldan o‘q uzgan. Prezident ularning natijasini ko‘zdan kechirib, quroldan foydalanish malakasini oshirishi kerakligini aytgan.

Keyin Berdimuhamedov o‘zi quroldan nishonga qarata o‘q uzib, jangovar mahoratini namoyish qilgan.

U jangovar vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun tizimli ravishda harbiy-amaliy sport turlari bilan shug‘ullanish kerakligini aytgan.

Prezident to‘pponchalarda mahoratini ko‘rsatgach, yo‘ltanlamas tomida o‘rnatilgan pulemyotdan uzoqdagi ichiga benzin to‘ldirilgan bochkalarni o‘qqa tutib, portlatib yuborgan.

Ma’lumot uchun, Arqadag‘ joriy yilning 29 iyun kuni 63 yoshni qarshiladi. U tug‘ilgan kuni sababli Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan paradda ishtirok etish taklifini rad qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Gurbanguli Berdimuhamedov

Baholaganlar

158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing