Belarusliklar keyingi Prezident ayol kishi bo‘lishini xohlamoqda

Olam

image
Lukashenko pandemiya paytida boshqa ayollarni o‘pmaslikni maslahat berdi north_east

Lukashenko pandemiya paytida boshqa ayollarni o‘pmaslikni maslahat berdi

Bir qancha belarusliklar avgustda bo‘lib o‘tajak prezidentlik saylovlariga ayol nomzodini taklif qilishmoqchi. Xususan, 8 mintaqaviy yuk tashuvchilar uyushmasi uyushma raisining o‘rinbosari Natalya Kiselni Belarus Prezidenti lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatishga qaror qildi.

Tashkilot veb-saytida ta’kidlanishicha, Kissel uchta oliy ma’lumotga va “B“ toifadagi inqiroz menejeri kategoriyasiga ega. Ularning fikricha, ushbu ko‘nikmalar bilan Natalya davlat boshqaruvini eplay oladi.

Bundan tashqari, tut.by portiga ko‘ra, 2010 yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashgan Vladimir Provalskiy prezidentlikka nomzodini qo‘yishni rejalashtirmoqda. Keyin Markaziy saylov qo‘mitasi uni nomzod sifatida ro‘yxatga olishni rad etdi.

Shuningdek, yana yettita nomzod saylovlarda qatnashish niyatlarini bildirishgan. Bular: Respublikaning amaldagi Prezidenti, Aleksandr Lukashenko, Liberal-demokratik partiya raisi va deputat Oleg Gaidukevich, Yuqori texnologiyalar parkining sobiq rahbari Valeriy Sepkalo, “Haqiqatni gapiring“ jamoat birlashmasining raisi Andrey Dmitriyev, Belarus Sotsial Demokratik Gramada (BSDG) raisi Sergey Cherechen, belaruslik bloger Sergey Tixanovskiy.

Eslatib o‘tamiz, Belarus Prezidenti saylovi 2020 yil 9 avgustda o‘tkazilishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident saylovi Belarus'

Baholaganlar

121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing