Lukashenko pandemiya paytida boshqa ayollarni o‘pmaslikni maslahat berdi
Olam
−
07 may 2020
6780Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko erkaklarga oila a’zosi bo‘lmagan ayollarni o‘pmaslikni maslahat berdi. Bu pandemiya vaqtida virus yuqtirib olish xavfini oshirishini aytdi.
“Boshqa ayollardan bosa olishni to‘xtating. Bir oy sabr qiling“, deydi Belarus rahbari.
U odamlarga oilasi bilan ham yaqin aloqalarni cheklashni so‘radi. Lekin o‘z o‘zini izolyatsia qilish haqida gapirmadi.
“Agar oilada biron bir narsa odatiy bo‘lmasa, masalan, kimdir o‘zini yaxshi his qilmasa, oilangiz bilan qoling“, deya qo‘shib qo‘ydi Lukashenko.
Avvalroq, Belarus Prezidenti virusni 60 daraja haroratda o‘lishini aytib, issiq saunaga borishni tavsiya qilgandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Belarusda koronavirus bilan bog‘liq 19 255 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 4 388 nafari sog‘aygan, 112 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 14 755 kishini tashkil qilmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr