Belarusda yana 581 kishi hibsga olindi
Olam
−
27 Oktabr 2020
4918Kecha, 26 oktyabr kuni Belarus huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan namoyishga chiqqanlardan 581 nafari hibsga olindi. Ularning 434 nafari ishi sudda ko‘rib chiqilgunga qadar vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanadi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.
"Umuman olganda kecha ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgani uchun 581 kishi, shu jumladan Minskda 486 kishi hibsga olingan. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni sudda ko‘rib chiqishdan oldin 434 kishi qamoqxonalarga joylashtirildi", deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 oktyabr kuni Svetlana Tixanovskaya boshchiligidagi muxolifatchilar tomonidan mamlakatning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenkoga qo‘yilgan “xalq ultimatumi” muddati tugadi. “Ultimatum” shartlari bajarilmagani bois odamlar yana ko‘chalarga chiqdi. Minskda o‘tgan namoyishlarda 100 mingdan ortiq odam ishtirok etgan.
Namoyishning birinchi kunida 523 kishi hibsga olingan. Ularning 352 nafari sudgacha qamoqda saqlanadi.
LiveBarchasi