Belarusda saylovdan keyingi namoyishlar tinmayapti (foto)

Olam

image

Belarusda prezidentlik saylovlaridan keyingi norozilik namoyishlari 3 kundirki tinmayapti. Minsk va boshqa ko‘plab shaharlarda odamlar ko‘chaga chiqyapti.

Hukumat Minskda namoyishchilarni tarqatish uchun OMON bo‘linmasini ishga solyapti. Ko‘chalarda aholi va huquq-tartibot organi xodimlari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lyapti.

Ko‘plab odamlar hibsga olingan. Ularning orasida jurnalistlar ham bor.

Dastlab namoyishlar markaziy ko‘chalarda o‘tkazilgan bo‘lsa, endilikda odamlar yashaydigan rayonlarga ko‘chgan. Negaki, Minskdagi markaziy ko‘chalarni kuchishlatar tuzilma xodimlari to‘sib qo‘ygan.

Namoyishchilarni tarqatish uchun OMON shovqin chiqaruvchi granata va rezina o‘qlardan foydalanyapti. Bazi joylarda namoyishchilar barrikada xosil qilishga uringan. Ammo bu natija bermagan.

Xalqaro hamjamiyat Belarusni bosiqlikka va namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatmaslikka chaqiryapti. Litva Yevropa Ittifoqidan zudlik bilan Belarus bo‘yicha sammit chaqirishni so‘radi. YeI hozirda rasmiy Minskka sanksiyalar joriy qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqyapti. Tashkilot Belarusdagi saylovlarni tan olmasligini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, saylovda Lukashenko 84,23 foiz, uning eng yaqin ta’qibchisi Svetlana Tixanovskaya 9,9 foiz ovoz to‘pladi. Saylovda qatnashganlarning 6,02 foizi hech bir nomzodni qo‘llab-quvvatlamadi. Saylovda yavka 84,23 foizga teng bo‘ldi. 5,79 mln odam ovoz berishda qatnashdi.

Saylovda Lukashenkoga asosiy raqib deya hisoblangan Svetlana Tixanovskaya taslim bo‘lib, mamlakatni tark etdi. Unga Litva hukumati boshpana berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Belarusda saylov

Baholaganlar

234

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing