Svetlana Tixanovskaya Rossiyada qidiruvga berildi
Olam
−
07 Oktabr 2020
14465Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya Rossiya hududida davlatlararo qidiruvga berildi. Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlar bazasida shunday ko‘rsatilgan.
“Qidiruv uchun asos: Jinoyat kodeksi moddasi bo‘yicha qidirilyapti”, deb ko‘rsatilgan ma’lumotlar bazasida.
TASSning o‘z manbasiga asoslanib xabar berishicha, Tixanovskaya Belarusda qidiruvga berilgan. Ammo bu davlatlararo qidiruv bo‘lgani uchun Rossiya hududida amal qiladi.
Avvalroq, Belarus prezidentligiga sobiq boshqa bir nomzod Yuqori texnologiyalar parki ma’muriyati rahbari Valeriy Sepkalo ham Rossiyada qidiruvga berilgandi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 9 avgust kuni Belarusda o‘tkazilgan Prezidentlik saylovida rasmiy e’lon qilingan natijaga ko‘ra, mamlakatni 26 yildan beri boshqarib kelayotgan Aleksandr Lukashenko g‘alaba qozondi. U 80,1 foiz ovoz oldi, eng yaqin ta’qibchisi Svetlana Tixanovskaya esa 10,2 foiz ovoz to‘pladi.
LiveBarchasi