Belarusda bayonnomani imzolamagan saylov komissiyasi a’zosining jasadi topildi
Olam
−
18 avgust 2020 16033 1 daqiqa
Bagratin nomidagi Volkovis harbiy-tarixiy muzey direktori Konstantin Shishmakov o‘lik holda topildi. Bu haqda “Farishta” qidiruv-qutqaruv bo‘linmasi ma’lum qildi.
Erkak 15 avgust kuni yo‘qolib qolgandi. U turmush o‘rtog‘iga telefon qilib, ishdan bo‘shaganini va uyga kelayotganini aytgan, lekin kelmagan.
Avvalroq, saylov komissiyasi a’zosi bo‘lgan 29 yoshli Shishmakov prezidentlik saylovlaridagi bayonnomani imzolashdan bosh tortgan.
“Hammasi 9 sanada boshlandi. U saylov komissiyasida bo‘lganida. U bilan yana bir yigit bor edi. Ular ikkisi yakuniy protokolni imzolamadi. O‘g‘limning aytishicha, ular uchun qo‘l qo‘yishgan”, degan Shishmakovning otasi.
Eslatib o‘tamiz, 9 avgust kuni Belarusda prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Unda 26 yildan beri iqtidorda qolayotgan Aleksandr Lukashenko 80,1 foiz ovoz to‘plab, g‘alaba qozondi. Buning ortidan esa mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishlari boshlandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025