Lukashenko qanday shart bilan hokimiyatdan ketishini ma’lum qildi

Olam

image

Bugun, 17 avgust kuni Belarus Prezidenti Minsk g‘ildirakli tirkama zavodiga bordi. U yerda Prezident norozilik uyushtirgan ishchilar bilan uchrashdi.

Muloqot vaqtida Lukashenko mamlakatda saylov o‘tkazishga qarshi emasligini bildirdi. “Belarus 24” telekanali uning murojaatidan parchani e’lon qildi.

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, saylov o‘tkazish uchun referendum o‘tkazib, yangi Konstitutsiya qabul qilish kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng, yangi Konstitutsiya talablariga muvofiq Prezident, parlament va mahalliy hokimiyat organlarini qayta saylash mumkin bo‘ladi.

Lukashenko ishchilar bilan uchrashuv vaqtida mamlakatda yangi saylov o‘tkazishning yagona yo‘li uni o‘ldirish ekanini aytib o‘tdi.

Kecha, 16 avgust kuni Belarusning qator shaharlarida esa Aleksandr Lukashenkoning prezidentlik uchun nomzod bo‘lishiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Aksiya boshlanganidan 2 soat o‘tib, Lukashenko tarafdorlari ishtirokida mitingda qatnashib, ularga uzundun-uzoq murojaat yo‘lladi.

Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9 avgust kuni prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Unda 26 yildan beri mamlakatni boshqarayotgan Aleksandr Lukashenko 80,1 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Uning eng yaqin ta’qibchisi muxolif nomzod Svetlana Tixanovskaya 10,1 foiz ovoz yig‘di.

Shundan so‘ng, Minsk va boshqa shaharlarda norozilik namoyishlari boshlandi. Yetti kundan beri mamlakatda har kuni norozilik namoyishi o‘tkazilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko Belarusda saylov

Baholaganlar

1613

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing