Belarus kuch ishlatishdan tiyilishi kerak – Merkel Putinga shikoyat qildi

Olam

image

Bugun, 18 avgust kuni Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilib, Belarusdagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.

Merkel muloqot vaqtida Belarus hukumati tinch namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatishdan tiyilishi kerakligini ta’kidladi.

Kansler inqirozdan o‘tish uchun Belarus hukumati tinch namoyishchilarga kuch ishlatishni zudlik bilan to‘xtatishi, siyosiy mahbuslarni ozod qilishi, muxolifat va jamoatchilik bilan muloqotni boshlashi kerakligini aytgan.

Bildirilishicha, Yevropa Ittifoqi prezidentlik saylovidan keyin boshlangan ommaviy namoyishlarni kuch bilan tarqatishga uringani uchun Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoga sanksiya joriy qilish haqida ham o‘ylamoqda.

Lukashenko kecha, 17 avgust kuni Lukashenko yangi saylov o‘tkazish uchun yangi Konstitutsiya qabul qilish kerakligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9 avgust kuni prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Unda 26 yildan beri mamlakatni boshqarayotgan Aleksandr Lukashenko 80,1 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Uning eng yaqin ta’qibchisi muxolif nomzod Svetlana Tixanovskaya 10,1 foiz ovoz yig‘di.

Shundan so‘ng, Minsk va boshqa shaharlarda norozilik namoyishlari boshlandi. Yetti kundan beri mamlakatda har kuni norozilik namoyishi o‘tkazilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Angela Merkel' Belarusda saylov

Baholaganlar

241

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing