Yevropa “kattalari” Belarusdagi namoyishlar bo‘yicha to‘planyapti
Olam
−
18 avgust 2020
8364Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar rahbarlari ertaga, 19 avgust kuni videokonferensaloqa shaklida Belarusdagi vaziyatni muhokama qiladi. Bu haqda Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel ma’lum qildi.
Yevropa kengashi rahbari belarus xalqi o‘z yetakchisini erkin tanlash va o‘z kelajagini belgilash huquqiga ega ekanini ta’kidladi. Mishel namoyishchilarg kuch ishlatishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi.
Yevropa kengashi raisining matbuot kotibi Barend Leyts sammit videokonferensiya shaklida bo‘lishini tasdiqladi.
Belarusdagi noroziliklar
Joriy yilning 9 avgust kuni Belarusda prezidentlik saylovi o‘tkazildi. Markaziy saylov komissiyasi saylovda amaldagi Prezident Aleksandr Lukashenko 80 foiz atrofida ovoz olib g‘alaba qozonganini e’lon qildi. buning ortidan esa poytaxt Minsk va boshqa shaharlarda norozilik namoishlari boshlandi.
Lukashenkoning eng yaqin ta’qibchisi Svetlana Tixanovskaya 10,1 foiz ovoz oldi.
Ma’lumot uchun, Aleksandr Lukashenko 1994 yildan buyon mamlakatni boshqarib kelyapti. U oltinchi prezidentlik muddatiga saylandi.
Belarusda esa yetti kundirki namoyishlar tinmayapti.
LiveBarchasi