Belarus ko‘chalari qo‘ldan ketdi – Tixanovskaya

Olam

image

Muxolifat Belarus ko‘chalarini yo‘qotdi. Bu haqda Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya “Le Temps” nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

“Shuni tan olishim kerakki, biz ko‘chalarni yo‘qotdik, bizda rejimning namoyishchilarga qaratilgan zo‘ravonligiga qarshi kurashish imkoni yo‘q. Ularda qurol bor, ular kuchga ega. Ha, shuning uchun ham hozirgi paytda biz yutqazganga o‘xshaymiz. Bilaman belaruslar charchagan, qo‘rqyapti”, deydi Tixanovskaya

Tixanovskayaning so‘zlariga ko‘ra, Belarus aholisi siyosiy vaziyatning tez hal etilishini kutgan, ammo “demokratiyaga qaytish” kutilganidan uzoqroq davom etmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil avgust oyida Belarusda Prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu saylovda Aleksandr Lukashenko 80,1 foiz ovoz to‘plab, 6-marta g‘alaba qozongan. Tixanovskaya esa ikkinchi o‘rinni egallagan. 

Saylov natijalaridan norozi bo‘lgan aholi namoyishlarga chiqdi. So‘ngra xavfsizlik kuchlari tomonidan namoyishlar bostirildi. Shunday bo‘lsada, har yakshanba kunlari mamlakat poytaxti Minsk ko‘chalari bo‘ylab ommaviy yurishlar davom etmoqda. Ularda hatto nafaqadagi qariyalar ham ishtirok etyapti.

Muxolifat rahbari Svetlana Tixanovskaya esa Belarus Prezidenti saylovida g‘olib bo‘lganini ta’kidlab kelmoqda. U ayni damda Latviyada bo‘lib turibdi. Lekin Belarusga qaytishni hamda bahorda qayta namoyishlar boshlashni rejalashtirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' Lukashenko Tixanovskaya

Baholaganlar

407

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing