Bayden yangi dunyo qurmoqchi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden insoniyat yangi dunyo tartibiga muhtojligini aytib, agar amerikaliklar yetarlicha jasorat ko‘rsatsa va o‘ziga ishonsa, uni barpo eta olishiga ishonch bildirdi. Bu haqda u Vashingtonda bo‘lib o‘tgan saylovoldi kampaniyasida ma’lum qildi.

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, yangi dunyo tartibi tinchlik istiqbollarini kamaytirmaydi, balki kengaytiradi.

“Urushdan keyingi davrda biz 50 yilni o‘tkazdik, bu davrda o‘rnatilgan tartib juda yaxshi ishladi, lekin hozirga kelib u g‘oyib bo‘ldi. Bizga yangi dunyo tartibi kerak”, deydi u. 

AQSH Prezidenti, shuningdek, Yaponiya va Janubiy Koreyani Ukrainaga moliyaviy yordam yuborishga qanday ishontirgani va o‘tgan oy Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan G20 sammitida Yevropa Ittifoqi, Hindiston va Saudiya Arabistoni bilan temir yo‘l hamda portlar bitimini imzolagani bilan maqtandi.

“Menimcha, bizda imkoniyat bor. Agar bizda yetarlicha dadil va o‘zimizga nisbatan ishonch bo‘lsa, dunyoni unda ilgari hech qachon bo‘lmagan birlashuvga erishtirishtirishimiz mumkin”, dedi Bayden.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden Oq uyda Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen va Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel bilan uchrashib, unda Isroil va HAMAS harakati o‘rtasidagi mojaro, shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan urush borasida suhbat olib borgan edi. 

Shuningdek, Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun Kongressdan 60 milliard dollar va Isroilni qo‘llab-quvvatlash uchun 14 milliard dollar so‘rash niyatida ekani haqida xabar berilgan edi


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Oq uy G20 Jo Bayden Vashington yangi dunyo saylovoldi kampaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing