Bayden tufayli milliardlab dollarlik uskunalar “Tolibon”ga qolmoqda — Tramp 

Olam

image

Prezident Jo Bayden hokimiyatga kelishi ortidan AQSH qo‘shinlari Afg‘onistonda “Tolibon” harakati qo‘liga tushadigan milliardlab dollarlik qurol-aslaha va uskunalarni qoldirib ketmoqda. Bu haqda Amerikaning sobiq rahbari Donald Tramp ta’kidladi.  

“U (Bayden — tahr.) milliardlab dollarlik uskunalarni qoldiradi. Men generallarga har bir tirnoqni, barcha tanklarni qaytarib olishni xohlashimni aytgandim. Buning o‘rniga hozir “Tolibon” Jo Bayden ularga qoldirib ketgan qurollarimiz bilan parad qilmoqda. Bu uyat”, degan Tramp. 

Joriy yilning iyul oyi boshida Pentagon AQSH va NATO kontingenti Bagram bazasini tark etganini e’lon qildi. Keyin bir qator Amerika ommaviy axborot vositalari afg‘on rasmiylari bu haqda oldindan ogohlantirilmaganini xabar qildi. Pentagon Matbuot kotibi Jon Kirbi esa bu bo‘yicha bayonot  berib, AQSH harbiylari xavfsizlik nuqtai nazaridan Afg‘oniston rahbariyatini xabardor qilmaganini tasdiqladi.  

Joriy yilning 6 iyul holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarining 90 foizidan ko‘prog‘ini Afg‘onistondan olib chiqib ketib bo‘ldi. Bu jarayon 31 avgustga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Shtatlar kabi NATOning boshqa a’zolari ham Afg‘onistonni tark etmoqda. Jumladan, Italiya, Germaniya va Avstraliya kuchlari, allaqachon, mamlakatdan chiqib ketgan. 

Xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistonni tark etishi fonida “Tolibon” harakati mamlakat hududlari ustidan nazoratni o‘rnatish maqsadida hujumlarni kuchaytirmoqda. Toliblarning ta’kidlashicha, ular ayni paytda Afg‘onistonning 85 foizini nazorat qilmoqda. Bundan tashqari, harakat kuchlari bir qator qo‘shni davlatlar — Turkmaniston, Tojikiston, Eron va Pokiston bilan chegarada joylashgan nazorat punktlarini ham egallab olgan. Rasmiy Kobul harakat tarafdorlariga qarshi qarshi hujumlarni rejalashtirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Tolibon Bayden

Baholaganlar

264

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing