Netanyaxu Trampni Eronga zarba berişga undadi

Olam

−

image

AQŞ Prezidenti Donald Tramp joriy yilning 31 oktyabr kuni Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali Eron bilan olib borilayotgan muzokaralar va harbiy harakatlarni qaçon qayta boşlaş masalasi yuzasidan muloqot ötkazdi. Bu haqda Isroil va AQŞning ikki manbasiga tayanib, “Axios” xabar berdi.

Manbalar ma’lumotlariga köra, Netanyaxu Trampni joriy yilning 3 noyabr kuni bölib ötadigan oraliq saylovlardan keyin darhol Eronga zarba berişga undamoqda. Biroq Tramp hozirça muzokaralar natijasini kutiş tarafdori. Bu esa Isroil Boş vazirini xavotirga solmoqda.

Isroil manbasi ikki davlat rahbari örtasidagi suhbatni “keskin”, amerikalik manba esa “töğridan töğri va oçiq” deb ta’riflagan. Oq uy va Isroil Boş vaziri idorasi uşbu muloqot yuzasidan izoh berişdan boş tortgan.

Naşr ma’lumotlariga köra, Tramp 2025 yil iyun oyidagi “Midnight Hammer” va 2026 yil fevral oyidagi “Epic Fury” operatsiyalari oldidan bölgani kabi bir vaqtning özida ikki yönalişda harakat qilmoqda. U bir tomondan tinçlik muzokaralarini qayta boşlaş böyiça kelişuvga erişişga urinmoqda, ikkinçi tomondan esa oraliq saylovlardan keyin yirik harbiy operatsiyalarni qayta boşlaş imkoniyatini körib çiqmoqda.

Ötgan hafta AQŞ vitse-prezidenti Jey Di Vens Eron Milliy xavfsizlik xizmati rahbari Muhsin Rizoiyga muzokaralarni qayta boşlaş imkoniyati yuzasidan maktub yuborgan. Bu sönggi bir neça oy içida Vaşingtonning Tehron bilan eng yuqori darajadagi muloqotga urinişi bölgan.

Tramp joriy yilning 31 oktyabr kuni jurnalistlar bilan suhbatda Eron bilan muzokaralar “yaxşi ketayotganini” aytgan va hozirça şoşilmayotganligini bildirgan. Uning aytişiça, Eron kelişuvga erişişni xohlayapti, biroq Tehronning va’dalariga töliq işonib bölmaydi.

“Ular kelişuvga erişadi, keyin esa undan voz keçadi”, degan AQŞ Prezidenti.

Şu bilan birga, Tramp Erondagi bir yoki ikkita yadroviy ob’ekt masalasini hal qiliş zarurligini ham aytgan.

“Biz buni 10 daqiqa içida amalga oşirişimiz mumkin. Buning uçun rejamiz bor. Pikaks-Mauntin ob’ektini körişingiz mumkin. Biz bu masalani hal qilişimiz kerak. Buni juda tez amalga oşira olamiz”, degan u toğ içida joylaşgani taxmin qilinayotgan yadroviy ob’ektga işora qilib.

Şuningdek, keça, 1 noyabr kuni Qatar vositaçilari Eron rasmiylari bilan ketma-ket uçinçi kun uçraşuv ötkazgan. Muzokaralardan maqsad AQŞ va Eron örtasida töğridan töğri muloqotni qayta boşlaş böyiça kelişuvga erişişdan iborat bölgan.

Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçining ma’lum qilişiça, hozirça heç qanday kelişuvga erişilmagan. Uning sözlariga köra, natija AQŞ tomoni Eronning savollariga javob beriş-bermasligiga boğliq.

“Biz bu borada barça sa’y-harakatlarni amalga oşirmoqdamiz va qarşi tomon diplomatiyani boşqa yöllardan ustun qöyiş uçun yetarliça oqilona qaror qabul qilişidan umidvormiz”, degan Aroqçi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Netanyaxu Oq uyda Tramp bilan Eron yadroviy dasturi masalasini muhokama qilgan edi.

Jasmina Murtazoyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing