Bayden “Tolibon”ni ogohlantirdi
Olam
−
15 avgust 2021
61738AQSH Prezidenti Jo Bayden “Tolibon” harakati Afg‘onistondagi amerikalik xodimlar hayoti xavf ostida qoladigan bo‘lsa, harbiy javob qaytarilishini ma’lum qildi.
“Ular tomonidan Afg‘oniston hududidagi AQSH xodimlari yoki missiyamizni xavfga qo‘yadigan harakat sodir etilsa, Amerikaning tezkor va qat’iy harbiy javobi bilan kutib olinadi”, deyiladi Baydenning bayonotida.
AQSH Prezidenti “Tolibon”ning Dohadagi vakillari bu haqda ogohlantirilganini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq, AQSH Qobuldagi diplomatlarini evakuatsiya qilishni boshlagani xabar qilingandi. Bu operatsiya uchun Pentagon Qobulga 5 ming nafar askar yuborgan.
LiveBarchasi