Bayden Koreyaning endi saylangan Prezidenti bilan KXDR bo‘yicha kelishib oldi
Olam
−
10 mart 2022
7841AQSH Prezidenti Jo Bayden va saylovda g‘alaba qozongan Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol kecha, 9 mart kuni bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida KXDRning tahdidlariga birgalikda javob berishga tayyor ekanliklarini bildirdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati tarqatgan bayonotda aytiladi.
Hujjatga ko‘ra, AQSH Prezidenti Yun Sok Yolni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklagan.
“Ular Hind-Tinch okeani mintaqasida tinchlik, xavfsizlik va farovonlik asosi bo‘lgan AQSH va Koreya Respublikasi ittifoqining mustahkamligini yana bir bor tasdiqladi”, deyiladi bayonotda.
Amerika yetakchisi Qo‘shma Shtatlar “Koreya Respublikasini himoya qilish” tarafdori ekanligiga ishontirgan hamda “asosiy global muammolarni, jumladan, iqlim o‘zgarishi, koronavirus pandemiyasi va ta’minot zanjirlarini yengishda hamkorlikni chuqurlashtirishga” tayyorligini bildirgan.
Bundan tashqari, Bayden va Yun Sok Yol “KXDRning yadroviy va raketa dasturlari tahdidlariga javoban yaqin hamkorlikni davom ettirishga va’da bergan”.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 9 mart kuni Janubiy Koreyada prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda “Fuqarolik kuchi” yetakchi muxolifat partiyasi nomzodi Yun Sok Yol g‘alaba qozondi.
LiveBarchasi