Bayden davrida AQSHda noqonuniy migratsiya rekord darajaga yetdi
Olam
−
23 Oktabr 2021
31682021 moliyaviy yil davomida AQSH hukumati mamlakat chegaralarida rekord — 1,7 million noqonuniy muhojirni hibsga oldi. Bu haqda Amerika chegara xizmati xabar bergan.
Joriy yilning 1 oktyabrida yakunlangan hisobot davriga ko‘ra, Meksikadan AQSHga kirishga uringanda hibsga olinganlar soni 1 734 686 kishini tashkil etgan.
2020 yilda ularning soni 458 088 nafarni, 2019 yilda 977 509 nafarni tashkil etgan. Chegara xizmati veb-saytida 1960 yildan buyon to‘plangan statistik ma’lumotlar keltirilgan.
Ta’kidlanishicha, noqonuniy migratsiya o‘zining eng yuqori cho‘qqisi — 213 593 kishiga joriy yilning iyul oyida yetgan, shundan so‘ng ikki oy davomida biroz pasayish kuzatilgan.
Avvalroq, AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati voyaga yetmagan muhojirlarni samolyot bilan yashirincha Texas shtatidan Nyu-Yorkka olib ketayotgani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi