Bayden AQSHda qurol nazoratini kuchaytirmoqchi 

Olam

image

AQSH qonunchiligiga ko‘ra fuqorolar maxsus litsenziya bilan qurolga ega bo‘lishi va uni yonida olib yurishi mumkin. Prezidenti Jo Bayden esa qurol sotib oluvchining shaxsiy ma’lumotlarini yanada chuqurroq tekshirish va ularga egalik qilish ustidan nazoratni kuchaytirishni nazarda tutuvchi farmonni imzolab, qurollar ustidan nazoratni kuchaytirmoqchi. Bu haqda bugun, 14 mart kuni kuni “Associated Press” manbasiga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, farmon imzolangandan so‘ng Amerika ma’muriyati rahbari Kaliforniyaning Monterey-Park shahrida yil boshida otishma bo‘lib, 11 kishi halok bo‘lgan tungi klubga boradi va u yerda chiqish qiladi.

Gun Violence Archive tadqiqot tashkilotining ma’lum qilishicha, 2023 yilning dastlabki ikki oyida Qo‘shma Shtatlarda o‘qotar qurollardan qariyb 3000 kishi halok bo‘lgan va 964 bola jarohatlangan. Bu mamlakat tarixidagi rekord ko‘rsatkichlardir. 2022 yilda esa otishmalarda 43,600 dan ortiq odam halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSHda sodir bo‘lgan seriyali otishmalar 18 kishining umriga zomin bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Jo Bayden qurol nazorati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing