AQSHda ommaviy otishmaning “ikkinchi seriyasi” bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 23 yanvar kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kaliforniya shtatida ikkita ommaviy otishma sodir bo‘ldi. Otishmada 7 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Kaliforniyaning shimolidagi Half Mun Bey shahrining ikkita joyida – bolalar bog‘chasi va fermada ommaviy otishma sodir bo‘ldi va uning oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan. Gumonlanuvchi 67 yoshli Chunli Chjao esa politsiya tomonidan mashinalar to‘xtash joyida qo‘lga olingan. 

Bu otishma Kaliforniya janubidagi Monterey Parkda 11 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan ommaviy otishma ortidan sodir bo‘lgan. Ammo ularning o‘rtasida bog‘liqlik bor-yo‘qligi haqida ma’lumot berilmagan.

Kaliforniya gubernatori Gavin Nyusom ham Monterey Parkidagi otishma qurbonlarini ko‘rish uchun kasalxonaga borganida Half Mun Beydagi otishma haqida xabar topgan va o‘z Twitter sahifasida “Fojia ustiga fojia” deb izoh qoldirgan.  

Shuningdek, mahalliy OAVda Monterey Parkidagi qotilning kimligi va uni qurolsizlantirgan qahramon haqida xabar berildi. Qayd etilishicha, 11 kishining umriga zomin bo‘lgan qotil 72 yoshdagi Hu San Tran ismli shaxs bo‘lgan. U otishmadan so‘ng ikkinchi manzilga ketayotganda Brandoy Say ismli osiyolik yigit qurol ko‘tarib ketayotgan cholni ko‘rgan va uni qurolsizlantirgan. Shundan keyin gumondor voqea joyidan qochib ketadi va politsiya qo‘liga tushmaslik uchun o‘z joniga qasd qiladi.

Ma’lumot uchun, to‘rt yoki undan ko‘p odam otib o‘ldirilgan otishma ommaviy otishma hisoblanadi. AQSHda yilning dastlabki 3 haftasida bunday otishmadan 38 tasi sodir bo‘lgan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing