Bashar Asadni zahar bilan o‘ldirmoqchi bo‘lishdi – OAV
Olam
−
02 yanvar
16594Rossiyadan boshpana topgan Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asad suiqasdda zaharlangan bo‘lishi mumkin va u nafas olishda qiynalmoqda. Bu haqda "The Sun" nashri xabar berdi.
Xabarlarga ko‘ra, Suriyada hokimiyatdan ag‘darilgan Bashar Asadga suiqasd uyushtirilgan. Rossiyadagi sobiq josus tomonidan yuritilishi aytiladigan "General SVR" kanali Asad 29 dekabr kuni o‘zini yomon his qilganini yozdi. Kanalga ko‘ra, 59 yoshli Asad tibbiy yordam so‘ragan va “qattiq yo‘talib, bo‘g‘ila boshlagan”. Shuningdek, Asad o‘z kvartirasida davolangani va dushanba kuni ahvoli barqarorlashgani aytilgan.
"The Sun" nashrining yozishicha, tibbiy tekshiruvlar Asadning tanasida zahar borligini ko‘rsatgan, biroq Rossiya tomonidan na suiqasdga urinish, na Bashar Asadning sog‘lig‘i xaqidagi xabarlar rasman tasdiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Bashar Asadning rafiqasi Asmaning eri bilan ajrashib, Londonga ketmoqchiligi xabar qilingandi. Biroq keyinchalik uning Buyuk Britaniyaga qaytishi amalda taqiqlangani ma’lum bo‘ldi. Londonda tug‘ilgan 49 yoshli fuqaroning pasporti muddati tugagani sababli uyiga qayta olmaydi.
LiveBarchasi