Bangladeshda kuchli yog‘ingarchilikdan 4,5 mln kishi jabrlandi
Olam
−
24 avgust
1626Kecha, 23 avgust kuni Bangladeshda yog‘gan kuchli yomg‘ir va “Dhambur” to‘g‘onining yorilishi oqibatida yuzaga kelgan toshqinlar kamida 13 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, 4,5 million kishi jabrlandi. Bu haqda “Hindustan Times” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bangladeshda iyuldan oktyabrgacha bo‘ladigan musson yomg‘irlari tufayli daryolarning toshib ketishi oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini mamlakatda so‘nggi 37 yildagi eng yomoni bo‘lgan. Minglab qishloq va aholi punktlari suv ostida qolgan. Bangladeshning bir qancha hududlarida elektr energiyasi uzilgan. 1,8 mingdan ortiq mobil aloqalar ishdan chiqqan.
Tabiiy ofatlarni boshqarish va yordam ko‘rsatish vazirligi kotibi Kamrul Hasan OAVga bergan axborotida toshqinlar kamida 13 kishining o‘limiga sabab bo‘lgani va 800 mingga yaqin odamni uysiz qoldirganini ma’lum qildi.
Bangladesh armiyasi, dengiz floti, qirg‘oq xavfsizligi, chegara qo‘riqchilari, o‘t o‘chirish xizmati, politsiya va kamsitishga qarshi talabalar harakati a’zolari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari suv bosgan hududlarda yordam choralari bilan shug‘ullanmoqda, muvaqqat hukumat esa suv bosgan hududlarga yordam berish uchun mablag‘ yig‘ishni boshlagan.
“Biz hozir suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlardagi boshpana markazlarini quruq oziq-ovqat, ichimlik suvi va hojatxonalar bilan ta’minlamoqdamiz”, deydi dunyodagi eng yirik nodavlat tashkiloti Brac’ning tabiiy ofatlar xavfini boshqarish dasturi direktori Liakat Ali.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yamandagi suv toshqinlari oqibatida kamida 60 kishi halok bo‘lgandi.
LiveBarchasi