Şavkat Mirziyoyev Bangladeş Boş vaziri bilan uçraşdi

Jamiyat

−

image

Bugun, 11 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev BMTning iqlim özgarişi böyiça konferensiyasi sessiyasi doirasida Bangladeş Xalq Respublikasi Boş vaziri Toriq Rahmon bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, samimiy muloqotda Özbekiston – Bangladeş munosabatlarini yanada faollaştiriş masalalari muhokama qilingan.

Sönggi yillarda ikki tomonlama aloqalar jadal tus olgani, tovar ayirboşlaş hajmi ösgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Uçraşuvda özaro hamkorlikni rivojlantiriş va uni amaliy mazmun bilan boyitiş, jumladan, siyosiy muloqotni mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy şeriklik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirişga kelişib olingan.

Şuningdek, xalqaro taşkilotlar doirasidagi özaro qöllab-quvvatlaşni davom ettiriş va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing