Yamanda toshqin qurbonlari 60 kishiga yetdi (video) 

Olam

image

Yamandagi suv toshqinlari oqibatida kamida 60 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Daily Times” xabar berdi

“Deyarli o‘n yillik urush bilan kurashayotgan Yaman har yili kuchli yog‘ingarchilik tufayli yuzaga keladigan toshqinlardan aziyat chekadi, iqlim o‘zgarishi esa yog‘ingarchilikning chastotasi va intensivligini oshirmoqda”, deyiladi xabarda. 

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 270 mingga yaqin odam toshqindan jabr ko‘rgan. Ayrim shaharlarda kuchli yomg‘irlar jamoat infratuzilmasini, jumladan, maktablar, yo‘llar va shifoxonalarni vayron qilgan. Shimoliy Hajja viloyatida momaqaldiroq paytida yashin urishi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi. Mamlakat bo‘ylab yana 13 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

BMTning OCHA gumanitar agentligi e’lon qilgan hisobotda iyul oyidan beri suv toshqini Hodeyda provinsiyasida 36, ​​Ibbda 9, Maribda 8 va Taizda 7 kishining o‘limiga sabab bo‘lgani keltirilgan.

“Jamoat infratuzilmasi, jumladan, maktablar, yo‘llar va sog‘liqni saqlash muassasalari zarar ko‘rdi”, deyiladi hisobotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq epimarkazi Liviyaning Derna shahrida bo‘lgan toshqin oqibatida 11 ming kishi halok bo‘lgandi, 20 mingga yaqin kishi bedarak yo‘qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaman

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing