Baliq boshidan... O‘rmon xo‘jaligi rahbari noqonuniy ov vaqtida qo‘lga tushdi (foto)

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘istonda o‘rmon xo‘jaligi rahbari ruxsatnomasiz ov miltig‘i bilan ov qilib yurgani aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi axborot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qoraqalpog‘iston prokuraturasi hamda “Sudoche-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasi xodimlari hamkorligida navbatdagi nazorat reyd tadbiri o‘tkazilgan. 

Vazirlikka ko‘ra, Mo‘ynoq tumani “Qazaxdarya” ovul fuqarolar yig‘ini hududida o‘tkazilgan reyd davomida “Qorao‘zak” davlat o‘rmon xo‘jaligi rahbari A.I. tegishli ruxsatnomasiz ov miltig‘i bilan ov qilib yurgani aniqlangan. 

Holat yuzasidan mansabdor shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-moddasi (Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish) 4-qismi bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati Angor va Muzrabot tumanlari hududida 2022 yilda ruxsatnomasiz 6 bosh, 2023 yilda esa 11 bosh qum tovushqonini tungi vaqtda ta’qiqlangan usul bilan ovlagan fuqaro 16 million 290 ming so‘m miqdorda jarimaga tortilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston ov o'rmon xo'jaligi o'rmon xo'jaligi rahbari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing