Baku Tehronga norozilik bildirdi

Olam

image

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Eronning Bakudagi elchisiga Eron harbiy samolyotining ikki davlat chegarasi ustidan parvoz qilishi munosabati bilan norozilik notasini topshirdi. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi va Mudofaa vazirligining bugun, 11 mart kuni tarqatilgan qo‘shma bayonotida ma’lum qilindi.

“11 mart kuni Eron Islom Respublikasiga tegishli harbiy samolyot 09:44 dan 10:26 gacha bo‘lgan vaqtda Ozarbayjon-Eron davlat chegarasi bo‘ylab Zangilondan Bilasuvar tumanigacha va orqaga uzluksiz parvoz qildi. Samolyot ikki davlat davlat chegarasidan 3-5 km masofada, ayrim hollarda esa bevosita davlat chegarasidan yuqorida parvoz qilgan”, deyiladi bayonotda

Ma’lum bo‘lishicha, 11 mart kuni Eronning Bakudagi elchisi Sayid Abbos Musaviy Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan va unga tegishli norozilik notasi topshirilgan.

Bayonotda ta’kidlanishicha, Eron harbiy samolyotining davlat chegarasiga bunday yaqinlashishi va uning chegara chizig‘i bo‘ylab parvozi fuqarolik aviatsiyasi xavfsizligiga tahdid tug‘diradi va ikki tomonlama munosabatlarni yanada keskinlashtirishga xizmat qiladi. 

“Harbiy samolyotning ishg‘oldan ozod qilingan Ozarbayjon hududlari yaqinida yarim soatdan ko‘proq parvoz qilishi Ozarbayjonga nisbatan provokatsiya va nodo‘stona munosabatdir”, deyiladi hujjatda.

Shuningdek, Ozarbayjon tarafi Eron tomonini vaziyatni izohlashga va kelajakda bunday provokatsion harakatlardan tiyilishga chaqirgan.

Esatib o‘tamiz, oldinroq Tehrondagi Ozarbayjon elchixonasida uyushtirilgan teraktdan so‘ng, ikki davlat orasidagi munosabatlar sovuqlashgan hamda Ozarbayjon Erondagi elchixonasi faoliyatini butunlay to‘xtatgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Ozarbayjon Baku Tehron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing