Ozarbayjonning Erondagi elchixonasiga hujum uyushtirildi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga qurolli hujum uyushtirildi. Bu haqda bugun, 27 yanvar kuni Ozarbayjon TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 27 yanvar kuni Boku vaqti bilan soat 08:30 da Ozarbayjonning Eron Islom Respublikasidagi elchixonasiga qurolli hujum uyushtirilgan. Bosqinchi “Kalashnikov avtomati” bilan qurollangan bo‘lgan. U qo‘riqlash postini buzib kirib, xavfsizlik xizmati rahbarini o‘ldirgan. Hujumning oldini olish chog‘ida elchixonaning ikki qo‘riqchisi yaralangan. Ularning ahvoli hozirda qoniqarli.

“Ayni paytda ushbu hujum yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Ish tafsilotlari bo‘yicha jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi Ozarbayjon TIV bayonotida.

Tehron politsiyasi brigadasi boshlig‘i Husayn Rahimiyning aytishicha, jinoyatchi hibsga olingan. Dastlabki tergovlar hujumga shaxsiy va oilaviy muammolar sabab bo‘lganini ko‘rsatgan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing