“Baxti Tashkentskiy”ning o‘g‘illariga ham sud hukmi o‘qildi

3-sahifa

image

Bugun, 19 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida “Baxti Tashkentskiy”ga oid ish bo‘yicha sud hukmi e’lon qilinmoqda. Mazkur ish doirasida Baxtiyor Qudratullayevning o‘g‘illari Bekzod Zafarov va Ixtiyor Qudratullayevga ham sud hukmi o‘qildi. Bu haqda sud zalidan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi.

Sud hukmiga ko‘ra, Bekzod Zafarov 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Jazoni umumiy koloniyada o‘tash belgilandi.

“Baxti Tashkentskiy”ning kichik o‘g‘li Ixtiyor Qudratullayev esa 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Jazoni umumiy koloniyada o‘tash belgilandi.

Qudratullayevning to‘ng‘ich o‘g‘li Bekzod Zafarov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “v” bandi, 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “v” bandi bilan ayblanib qo‘lga olingan edi. Davlat ayblovchisi suddan Bekzod Qudratullayevni 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilishni so‘ragan.

Qudratullayevning kenja o‘g‘li – 27 yashar Ixtiyor Qudratullayev Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “a” va “v” bandi bilan ayblanayotgan edi. Davlat ayblovchisiga ko‘ra, Ixtiyor Qudratullayev 1 ta epizodda ayblangan va ayblov o‘z tasdig‘ini topgan.

“Ixtiyor Qudratullayev 165-modda (Tovlamachilik) 3-qismi “a” va “v” bandida aytilgan jinoyatlarni sodir etgani o‘z tasdig‘ini topdi. Uning sudlanmagani va boshqalarni hisobga olib, sodir etgan jinoyatini xavflilik darajasi va boshqa jinoyatlardagi ishtirokini inobatga olgan holda Jinoyat kodeksining 57-moddasi (Yengilroq jazo tayinlash) va 72-moddasi (Shartli hukm qilish)ni qo‘llamasdan 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi va jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashini so‘rayman”, degandi davlat ayblovchisi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq sud Baxtiyor Qudratullayevni 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish, uning akasi Shuhrat Qudratullayevni 10 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish, mazkur ish doirasida sudlanganlar orasidagi yagona ayol sudlanuvchi Nargiza Жuмaniёзоvani esa 4 yil-u 4 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud Baxti Tashkentskiy Baxtiyor Qudratullaev Bekzod Zafarov Ixtiyor Qudratullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing