Hamzat Chimayev Shvetsiya fuqaroligidan voz kechdi
Sport
−
23 Sentabr 2023
10225Kelib chiqishi chechenistonlik bo‘lgan mashhur UFC jangchisi Hamzat Chimayev Shvetsiya fuqaroligidan voz kechdi. Bu haqda sportchining menejeri Mahdi Shammas xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Hamzat endi Birlashgan Arab Amirliklari bayrog‘i ostida jang qiladi.
Chimayev 16 yoshida ota-onasi bilan Shvetsiyaga ko‘chib ketganidan so‘ng, shu mamlakat nomidan musobaqalarda qatnasha boshlagan. U MMA'dagi faoliyati davomida 12 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alabaga erishgan. Chimayev so‘nggi jangini AQSH vakili Kevin Hollandga qarshi o‘tkazib, birinchi raunddayoq bo‘g‘ish usuli bilan g‘olib bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, sportchi Shvetsiyada namoyishkorona Qur’on kitobini yoqib yuborilishi ortidan bir necha bor hukumatga qarshi o‘z noroziligini bildirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 iyun kuni Shvetsiyada politsiyasining ruxsati bilan aksiya o‘tkazilgan va unda Iroqdan kelgan 37 yoshli muhojir Salvan Momika Qur’on sahifalarini yirtib tashlab, uni yoqib yuborgandi. Bu harakat ko‘pchilik tomonidan, xususan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ham qoralandi. Salvan Momika esa 20 iyul kuni yana Stokgolm politsiyasining ruxsati bilan Iroq elchixonasi yaqinida aksiya o‘tqazdi va musulmonlarning muqaddas kitobi Qur’on nusxasini tepdi. Keyinchalik Daniya poytaxti Kopengagendagi Iroq elchixonasi oldida ham o‘ta millatchi “Daniyalik vatanparvarlar” guruhi vakillari miting o‘tkazib, Qur’on kitobini yoqib yubordi. Keyinchalik Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ham Qur’on tahqirlanishini qoraladi.Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi esa Shvetsiya va Daniyada Qur’onni tahqirlash bilan bog‘liq harakatlarni dunyo musulmonlari uchun haqoratomuz, deb atadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi “Nafrat so‘zlariga qarshi kurashish kontekstida dinlararo va madaniyatlararo muloqot va bag‘rikenglikni qo‘llab-quvvatlash” rezolyutsiyasini qabul qildi. O‘zbekiston uning hammualliflaridan biri bo‘ldi.
LiveBarchasi