Bahodir Jalolovga uy sovg‘a qilindi (video)

Sport

image

Surxondaryo viloyati hokimi boks bo‘yicha ikki karra jahon chempioni, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Bahodir Jalolovni uy bilan taqdirladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bugun, 8 iyun kuni hokimlik binosida Toshkentda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Bahodir Jalolov bilan uchrashuv o‘tkazilgan.

Unda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov so‘zga chiqqan va bokschini ushbu g‘alaba bilan tabriklab, chempionga keyingi xalqaro musobaqalar hamda professional faoliyatida omad tilagan. Shuningdek, sportchi munosib tarzda taqdirlangan.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda Bahodir Jalolov Butunjahon boks kengashi (WBC) reytingida 14-pog‘onani band etib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha Jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan O‘zbekiston vakili Ruslan Abdullayevga Malibu avtomobili berilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bokschiga avtomashinani Qibray tumanidagi tadbirkor mahalladoshi sovg‘a qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing