Bahodir Jalolov navbatdagi jangi oldidan “nigohlar to‘qnashuvi”da qatnashdi (video)

Sport

image

Professional boksning super og‘ir vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov ertaga, 6 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan jangi oldidan “face-to-face” marosimida qatnashdi.

6 fevral kuni Kanadada o‘tkaziladigan boks oqshomida super og‘ir vazn toifasi vakillari o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov va fransiyalik Devid Spilmont ringga ko‘tariladi. 

Ma’lumot o‘rnida, Jalolov professional faoliyatida 14 ta jang o‘tkazgan va barchasida nokaut evaziga g‘alaba qozongan. Uning so‘nggi jangi 2023 yilda Toshkentda o‘tkazilgan boks oqshomida Janubiy Afrika vakili Kris Tompsonni birinchi raundning o‘zida mag‘lub etgandi. Spilmont esa oxirgi jangini 2024 yilda o‘tkazgan va o‘shanda Artem Charniakevichni 4-raundda nokautga uchratgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov nigohlar to'qnashuvi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing