Ayrim nashrlarga bosim o‘tkazishda ayblangan AOKA majburiy obunaga qarshi chiqdi

Jamiyat

image
AOKAga ochiq xat: yo yo‘l oching, yo... north_east

AOKAga ochiq xat: yo yo‘l oching, yo...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi davriy bosma nashrlarga majburiy tarzda obuna qilishni maqsadga muvofiq emas, deb hisoblaydi. Bu haqda agentlik rasmiy bayonot bilan chiqdi. 

Axborotga ko‘ra, so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda gazeta va jurnallarga majburiy obuna tashkil etilayotgani haqidagi ma’lumotlar tarqalmoqda.

“Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi koronavirus pandemiyasi davrida ko‘plab gazeta va jurnallar nashr etilmay qolganini hisobga olgan holda, davriy bosma ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish taklifini bildirdi. Biroq Agentlik davriy bosma nashrlarga majburiy tarzda obuna qilishni maqsadga muvofiq emas deb hisoblaydi”, deyiladi bayonotda.

Shuningdek, AOKA gazeta va jurnallarga obuna bo‘lish ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi kerakligini ta’kidlab, ularning muassisi bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlarini o‘z nashrlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan.

“Gazeta va jurnallarga obuna bo‘lish ixtiyoriy ravishda, xususan, obunani aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot qilish, gazeta va jurnallarning sifati, jozibadorligi va o‘qishliligini ta’minlash, ularni internetga integratsiyalashuvini tezlashtirish orqali amalga oshirilishi lozim. Har bir o‘quvchi o‘zi istagan va zarur deb bilgan nashrga ixtiyoriy obuna bo‘lishi kerak.

AOKA bundan buyon ham gazeta va jurnallarning muassisi bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlarini o‘z nashrlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga, materiallarning sifatini yaxshilashga va nashrlarni aholi orasida ommalashtirishga chaqiradi”, deyiladi rasmiy murojaatda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AOKA bir nechta elektron ommaviy axborot vositalariga ogohlantirish xati yuborgan. Ogohlantirish olgan nashrlar agentlikning bu yurishini bosim sifatida qabul qilgan edi.

Keyinchalik, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgan masala yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

AOKA

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing