Atamboyev sud majlisidan chiqarib yuborildi

Olam

image
Minnixonov Atamboyevning rafiqasiga avtomobil sovg‘a qildi north_east

Minnixonov Atamboyevning rafiqasiga avtomobil sovg‘a qildi

Sobiq Prezidentga tegishli bo‘lmagan mol-mulk xatlovdan chiqarildi north_east

Sobiq Prezidentga tegishli bo‘lmagan mol-mulk xatlovdan chiqarildi

Joriy yilning 14 yanvar kuni Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyevga oid jinoyat ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda mahkama tugamay turib, sudya Atamboyevni sud majlisidan chiqarib yuborgan. Bu haqda Atamboyevning advokati OAVga ma’lum qilmoqda. 

Sudya Atamboyev majlisda ishtirok etishdan bosh tortgani hamda majlis zalidan bir necha marta turib ketib qolgani sabab uni chaqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Sayyor sud 14 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan.

“Almazbek Sharshenovich qatnashmadi, chunki u oldingi safar zalni tark etganida sud majlis tartibini buzganligi uchun uni chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Demakki, batamom chiqarib yubordi, ya’ni majlislar uning ishtirokisiz o‘tadi”, deydi advokat  Zamir Jooshev.

Birinchi may tuman sudi matbuot xizmati ushbu xabarni tasdiqlagan, biroq sudya uni hukmni o‘qib eshittirishga hamda taraflarning iltimosnomasiga binoan chaqirishi mumkinligini ta’kidlanmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Almazbek Atamboyev qonundagi o‘g‘ri (vor v zakone) Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi yuzasidan joniy javobgarlikka tortilgan edi. Atamboyev ishi yuzasidan o‘tgan yilning dekabr oyiga belgilangan sud majlisi ikki marta qoldirildi. Sud bugun, 9 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. 

Aziz Batukayev 2006 yilning avgust oyida Alamudin tuman sudi hukmi bilan 16 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. Shuningdek, uning  molu mulki musodara qilingan. Batukayev 2006 yilda Bishkek shahri yaqinida koloniyada ommaviy tartibsizlik uyushtirganlikda va hujum paytida Qirg‘iziston parlamenti deputati Tinichbek Akmatbayev, jazoni ijro etish boshqarmasi rahbari Ikmatulla Polotov va parlamentning ikki nafar xodimini o‘ldirishda ayblangan. Aziz Batukayev 2013 yil 9 aprelda “og‘ir kasallik” tufayli shartli ravishda ozod qilingan. U bundan foydalanib, Qirg‘iziston hududini tark etgan.

Qirg‘iziston IIV ma’lumotiga ko‘ra, Batukayev hozirda Chechenistonda noqonuniy qurol saqlagani uchun jazo muddatini o‘tamoqda.

“Jinoiy avtoritet”ga nisbatan jinoiy ishni qayta qo‘zg‘atilganini 17 aprel kuni Qirg‘iziston Bosh prokurori Otkurbek Jamshitov ma’lum qildi.

Almazbek Atamboyev ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi ertaga, 16 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Almazbek Atamboev

Baholaganlar

1065

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing