Sobiq Prezidentga tegishli bo‘lmagan mol-mulk xatlovdan chiqarildi

Olam

image
Minnixonov Atamboyevning rafiqasiga avtomobil sovg‘a qildi north_east

Minnixonov Atamboyevning rafiqasiga avtomobil sovg‘a qildi

Qirg‘iziston Respublikasining sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevga tegishli bo‘lmagan mol-mulklar xatlovdan chiqarib tashlandi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabar qildi

“Hozirda o‘tkazilayotgan surishtiruvlar hamda tergov harakatlarini inobatga olib, Harbiy prokuratura Almazbek Atamboyevga tegishli bo‘lmagan mol-mulk qismini xatlovdan chiqardi. Shu bilan birga, Almazbek Atamboyevning turmush o‘rtog‘i Raisa Atamboyevning hisob-kitob (oylik) hisoblariga taqiq qo‘yilmagan”,deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Almazbek Atamboyev qonundagi o‘g‘ri (vor v zakone) Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi yuzasidan joniy javobgarlikka tortilgan edi. Atamboyev ishi yuzasidan o‘tgan yilning dekabr oyiga belgilangan sud majlisi ikki marta qoldirildi. Sud bugun, 9 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. 

Aziz Batukayev 2006 yilning avgust oyida Alamudin tuman sudi hukmi bilan 16 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. Shuningdek, uning  molu mulki musodara qilingan. Batukayev 2006 yilda Bishkek shahri yaqinida koloniyada ommaviy tartibsizlik uyushtirganlikda va hujum paytida Qirg‘iziston parlamenti deputati Tinichbek Akmatbayev, jazoni ijro etish boshqarmasi rahbari Ikmatulla Polotov va parlamentning ikki nafar xodimini o‘ldirishda ayblangan. Aziz Batukayev 2013 yil 9 aprelda “og‘ir kasallik” tufayli shartli ravishda ozod qilingan. U bundan foydalanib, Qirg‘iziston hududini tark etgan.

Qirg‘iziston IIV ma’lumotiga ko‘ra, Batukayev hozirda Chechenistonda noqonuniy qurol saqlagani uchun jazo muddatini o‘tamoqda.

“Jinoiy avtoritet”ga nisbatan jinoiy ishni qayta qo‘zg‘atilganini 17 aprel kuni Qirg‘iziston Bosh prokurori Otkurbek Jamshitov ma’lum qildi.

O‘tgan yilning 9 va 13 avgust kunilari qonundagi o‘g‘ri Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi ishi doirasida 135 ta mol-mulk xatlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Almazbek Atamboev

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing