Ash-Shara BMTda nutq so‘zlashi kutilmoqda
Olam
−
26 avgust 2025 2523 2 daqiqa
Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shara sentyabr oyida Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlashi kutilmoqda. Bu haqda kecha, 25 avgust kuni Suriya rasmiysiga tayanib, “Reuters” agentligi xabar berdi.
Qayd etish joiz, Suriyada o‘tish davri hukumati 2024 yil 9 dekabrda, Bashar Asad rejimi qulaganidan so‘ng tuzilgan edi. 2025 yil 29 yanvarda mamlakatning eng yuqori qonunchilik organi bo‘lgan Xalq kengashi tarqatib yuborildi va Vaqtinchalik qonunchilik kengashiga saylovlar e’lon qilindi. 2025 yil 29 martda birinchi o‘tish davri hukumati o‘z faoliyatini yakunladi va uning o‘rniga yangi hukumat tuzildi. Ijro hokimiyatini to‘g‘ridan to‘g‘ri prezident boshqaradigan tizim joriy qilindi.
2 fevral kuni Ahmad ash-Shara Saudiya Arabistoniga ilk xorijiy tashrifini amalga oshirdi. Mazkur tashrif doirasida u Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi va Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashdi. 3 fevral kuni u Makka shahrida Umra ziyoratini amalga oshirdi. Unga Ka’ba eshiklari ham ochib berildi. Ash-Sharaning 2-xorijiy safari Turkiyaga bo‘ldi. Ash-Shara muzokaralar chog‘ida hukm surgan ijobiy atmosfera uchun Erdo‘g‘anga minnatdorlik bildirib, Turkiya Prezidentini eng qisqa vaqt ichida Suriyaga tashrif buyurishga taklif qildi. Qolaversa, ash-Shara 11 aprel kuni ham Turkiyaning Antaliya shahrida Antaliya diplomatiya forumi doirasida (ADF 2025) Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashgan edi.
7 may kuni Suriyaning yangi muvaqqat rahbari o‘zining birinchi Yevropaga tashrifini Fransiyadan boshladi va mamlakat Prezidenti Emmanuel Makron bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, may oyida AQSH Prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistonida ash-Shara bilan uchrashgan edi. Tramp uchrashuvdan so‘ng uni “qattiqqo‘l inson” va “o‘tmishi kuchli jangchi” deb ta’rifladi. Tramp, shuningdek, Suriyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilishini e’lon qilib, bunga asos sifatida “mamlakatga imkon berish zarurati”ni ko‘rsatgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025