Armanlar yana Pashinyanga qarshi namoyishga chiqdi
Olam
−
05 dekabr 2020
5085Bugun, 5 dekabr kuni Armaniston poytaxti Yerevanda Bosh vazir Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qiluvchi muxolifat mitingi bo‘lib o‘tyapti. Bu haqda “RIA Novosti” muxbiri xabar bermoqda.
Armaniston poytaxtidagi Ozodlik maydonida bayroqlar va bannerlar bilan namoyishchilar yig‘ilgan.
Avvalroq, Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq direktori, “Vatan” muxolif partiyasi rahbari Artur Vanetsyan Vazirlar Mahkamasi rahbarining iste’fosini talab qilib, 17 ta muxolifat partiyasi sobiq Bosh vazir Vazgen Manukyanni hukumat rahbari lavozimiga taklif qilganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Manukyan ma’lum bir vaqtdan keyin Bosh vazir etib saylangan taqdirda, u ishtirok etmaydigan navbatdan tashqari parlament saylovlarini o‘tkazishga va’da bergan. Bugun Manukyanning asosiy ma’ruzani o‘tkazishi kutilmoqda.
Mitingdan oldin Megri shahar ma’muriyati rasmiy sahifasida mamlakatning Syunik viloyati rahbarlari Pashinyanning iste’fosini talab qilganligi haqida xabar e’lon qilingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 sentyabr kuni Armaniston va Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlarni boshlagandi. Har ikki tomon ham bir-birini tashviqotda ayblab, to‘liq yoki qisman harbiy safarbarlik e’lon qilgandi.
Joriy yilning 9 noyabr kuni Rossiya va Ozarbayjon Prezidentlari Vladimir Putin, Ilhom Aliyev hamda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladilar.
Bayonotga ko‘ra, Armaniston va Ozarbayjon egallab turgan pozitsiyalarida to‘xtadi, keyin bir qator tumanlar Baku nazorati ostiga o‘tishi belgilandi. Sulhga ko‘ra, tomonlar o‘zaro asirlar, yaradorlar va halok bo‘lganlarning jasadlarini almashishni allaqachon boshladi.
Shuningdek, 1960 kishidan iborat Rossiya tinchlikparvar kuchlari aloqa liniyasi va Qorabog‘ni Armaniston bilan bog‘laydigan Lochin yo‘lagi bo‘ylab joylashtirildi.
Keyinchalik, Rossiya harbiylari Tog‘li Qorabog‘da tinchlikparvar kuchlar nazoratidagi hududlarda minalardan tozalash ishlarini davom ettirayotgani xabar qilindi.
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya qo‘shinlari Qorabog‘da besh yildan ko‘proq qolishidan umidvorligini bildirdi. Pashinyan TASS nashriga bergan intervyusida ushbu besh yillik davr nimaga asoslanib belgilangani va shu vaqt ichida nimalar qilish kerakligi haqida gapirdi.
Pashinyanga ko‘ra, Rossiya tinchlikparvar kuchlari mintaqada xavfsizlik va barqarorlik kafolatlarini yaratishi zarur. Uning qo‘shimcha qilishicha, RTKning Tog‘li Qorabog‘da bo‘lish muddati besh yil bilan cheklanib qolmaydi.
LiveBarchasi