Armaniston Ozarbayjonning samolyotini urib tushirdi

Olam

image

Tog‘li Qorabog‘da butun qarama-qarshilik chizig‘i bo‘ylab harbiy operatsiyalar bugun, 2 oktyabr kuni ham davom etmoqda. Armaniston kuchlarining havo hujumidan mudofaa tizimlari Ozarbayjon Qurolli kuchlarining samolyoti va uchuvchisiz uchog‘ini urib tushirdi. Bu haqda Armaniston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Shushan Stepanyan o‘zining Facebook sahifasida yozdi. 

"Taxminan soat 07:55 da Arsaxning shimoliy-sharqiy yo‘nalishida (tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi – tahr.) Armaniston kuchlarining havo hujumidan mudofaa tizimlari dushman samolyotini va uchuvchisiz uchuvchini urib tushirdi. Harbiy harakatlar butun front bo‘ylab davom etmoqda. Dushmanning turli yo‘nalishlarda old tomondan yorib o‘tishga urinishlari muvaffaqiyatsiz tugadi”, deydi u. 

Rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari kecha, 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi. Unda mingga yaqin harbiylar va tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.

Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi.

Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.

Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi.  Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati e’lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. Shuningdek, Aliyev 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi hujjatni imzoladi


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston Qorabog' to'qnashuvi

Baholaganlar

568

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing