Armaniston Ozarbayjonning 3 rayoniga ballistik raketa uchirdi

Olam

image

Bugun, 22 oktyabr tongida Armaniston Ozarbayjonning uchta tumaniga ballistik raketa bilan hujum qildi. Bu haqda Ozarbayjon Respublikasi Mudofaa vazirligi xabar bermoqda

Xabarda aytilishicha, harbiy harakatlar hududidan uzoqda joylashgan, Ozarbayjonning uchta – Siyozan, Gabala va Kyurdamir rayonlari Armanistonning operativ-taktik raketa tizimidan (OTRK) o‘qqa tutilgan. 

Qayd etilishicha, Ozarbayjonning Siazan yo‘nalishi bo‘yicha 3 ta, Gabala tomon – 2 ta, Kyurdamir bo‘yicha bitta raketa uchirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tinch aholi orasida qurbonlar yo‘q. Ozarbayjon Prezidentining yordamchisi Hikmet Hojiyev Armaniston Qurolli Kuchlari Ozarbayjonning tinch aholisiga qarshi harbiy jinoyatlarni davom ettirayotganini aytib, Yerevanning harakatlarini qoraladi.

Armaniston Qurolli Kuchlari avvalroq operativ-taktik raketa tizimlari (OTRK)dan Ozarbayjon hududiga, shu jumladan respublikaning ikkinchi yirik shahri – Ganjaga o‘q uzgan, bu esa o‘nlab  odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan edi.

Qariyb bir oyga yaqin vaqtdan buyon davom etib kelayotgan qurolli hujumlarda Ozarbayjon Qurolli Kuchlari respublikaning Armaniston tomonidan bosib olingan 120 dan ortiq aholi punktlarini, shu jumladan Zangilon, Jabroil(Mexakavan)  va Fizuli shaharlarini, hamda Hadrut qishlog‘ini ozod qilgan.

Rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari joriy yilning 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi.

Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi.

Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.

Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi.  Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati e’lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. Shuningdek, Aliyev 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi hujjatni imzoladi

Farrux Murodqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston Qorabog' to'qnashuvi

Baholaganlar

371

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing