Armaniston KXSHT yig‘ilishida ishtirok etmaydi
Olam
−
20 iyun
2902Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti Tashqi ishlar rahbarlari kengashining Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan majlisida ishtirok etmaydi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Ertaga, 21 iyun kuni Olmaota shahrida bo‘lib o‘tadigan majlisda Mirzoyanning nima sababdan qatnashmasligi ochiqlanmagan. Biroq, vazirlik matbuot kotibi o‘z Facebook sahifasida 20 iyun kuni Ararat Mirzoyanning amaliy tashrif bilan Vilnyusga tashrif buyurishi va Litva Tashqi ishlar vaziri Gabrielyus Landsbergis bilan uchrashishini yozib qoldirgan.
Ma’lumot uchun, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan 2024 yil fevral oyida mamlakatning KXSHTdagi ishtiroki muzlatilganini e’lon qilgandi. Mart oyida u agar Yerevan ittifoqdoshlarining Armaniston suveren hududi qayerda joylashgani va KXSHT mas’uliyat zonasi qayerda ekanligi haqidagi qarashlaridan qoniqmasa, ittifoqdan chiqishga ruxsat bergan edi. Yaqinda KXSHT kotibiyati Pashinyanning tashkilotdan chiqish ehtimoli haqidagi so‘nggi bayonotlari fonida rasmiy Yerevan uning to‘laqonli a’zosi bo‘lib qolayotganligini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ararat Mirzoyan Bosh vazir Nikol Pashinyanning KXSHTdan chiqishini rad etgani haqida xabar berilgandi.