“Arqadag‘” vazirlari bilan mini-futbol o‘ynadi (video) 

Olam

image

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov vazirlari bilan mini-futbol bo‘yicha o‘rtoqlik musobaqasi o‘tkazdi. Bu haqda TDH xabar bergan. 

Tadbir Kaspiy dengizi sohilidagi sport majmuasida sanitariya-gigiyena me’yorlariga rioya qilingan holda o‘tkazilgan. 

Ta’kidlanishicha, Turkmaniston rahbari o‘z misolida yoshlarga sog‘lom turmush tarzi va jismoniy tarbiya muhimligini ko‘rsatib bergan. 

“Turkmanistonda aholining jismoniy faolligi uchun sharoit yaratish va sportni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar amalga oshirilmoqda. Bu, o‘z navbatida, xalq salomatligiga hissa qo‘shadi”, deyilgan xabarda. 

Avvalroq, Berdimuhamedov o‘qotar quroldan o‘q otish bo‘yicha mahoratini namoyish etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Berdimuhamedov

Baholaganlar

158

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing