Berdimuhamedov otlar musobaqasida: Eng go‘zal ot egasi mashinali bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkman oti milliy bayrami doirasida respublika Prezidenti Serdar Berdimuhamedov yangi ot sporti majmuasining ochilishida ishtirok etdi va bu yerda unga Axalteke zotli sakkizta ot sovg‘a qilindi. Bu haqda “Turkmaniston. Oltin asr” davlat nashri xabar berdi.

Keltirilishicha, ushbu majmua Kopetdog‘ etagidagi Ak Bugday tumanida 40 gektar maydonda joylashgan. Bu yerda ma’muriy binolar, ochiq arena, 500 o‘rinli savdo rastalari, texnik vositalar, 100 o‘rinli tribunalar, avtoturargohlar va boshqalar barpo etilgan.

Ochilish marosimida Prezidentga sakkizta ot sovg‘a qilingan. 6 ta ot viloyatlar va poytaxt nomidan, bittasi harbiylar tomonidan, yana bir ot esa Turkmanistonning barcha otshunoslari nomidan in’om etilgan.

Shuningdek, ushbu tadbirda eng go‘zal otni aniqlash maqsadida musobaqa o‘tkazilgan.

Musobaqada 2015 yilda tug‘ilgan “Goshasakar” laqabli ot g‘olib deb topilgan. G‘olib murabbiyga davlat rahbari nomidan “Toyota Fortuner” avtomobili kaliti, tanlov kubogi va diplom berilgan.

Bundan tashqari, axalteke otlarining mamlakat hayotidagi o‘rnini targ‘ib qilgan ijodkorlarga Serdar Berdimuhamedovning sovg‘alari topshirilgan.

“Bugungi kunda ot mamlakatimiz taraqqiyotida ulkan muvaffaqiyatlarga erishayotgan energiya timsoliga aylandi. Shu bilan birga, sport otlarini tayyorlash milliy maktabining asosiy farqi shundaki, turkmanlar ularni tayyorlamaydi, balki tarbiyalaydi”, deydi Berdimuhamedov.

Ta’kidlash kerak, ushbu musobaqa Turkmanistonning avvalgi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovdan boshlangan an’anadir. U bir qancha ot zotlari haqida kitoblar yozgan.


Maqola muallifi

Teglar

Berdimuhamedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing