Putin yana bir Markaziy Osiyo rahbarini G‘alaba paradiga taklif qildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkmaniston rahbari Serdar Berdimuhamedovni Moskvada o‘tkazilishi rejalashtirilgan Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etishga taklif qildi. Bu haqda bugun, 8 may kuni “Neytralniy Turkmanistan” gazetasi xabar berdi.

Aytilishicha, Putin va Berdimuhamedov telefon muloqotida bir-birini yaqinlashib kelayotgan G‘alaba kuni bilan tabriklagan, shuningdek, ikki mamlakat xalqlariga farovonlik tilagan. 

Manbaga ko‘ra, Turkmaniston rahbari Putinga taklif uchun minnatdorlik bildirgan. Ammo Berdumuhamedov taklifni qabul qiladimi yoki yo‘q, bunga aniqlik kiritilmagan. 

Turkmaniston rahbari Ikkinchi jahon urushi va fashizm ustidan qozonilgan g‘alaba umumiy tarixiy xotirada alohida o‘rin tutishini aytgan. Rossiyada bo‘lgani kabi Turkmanistonda ham o‘sha og‘ir yillarda Vatan himoyasida bo‘lgan, front ortida fidokorona mehnat qilganlar xotirasi muqaddas ehtirom bilan e’zozlanishi ta’kidlangan.

Putin va Berdimuhamedov mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning boshqa bir qator masalalarini ham muhokama qilgan.

Eslatib o‘tamiz, G‘alaba kuni munosabati bilan Moskvada o‘tkaziladigan tantanalarda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov yagona xorijiy davlat rahbari sifatida qatnashishi ma’lum qilingan edi. Oldinroq Putin Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonni ham paradga taklif qilgan, biroq Tojikiston Prezidenti matbuot xizmati Imomali Rahmon 9 mayni Dushanbeda o‘tkazishni rejalashtirayotganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva Putin Berdimuhamedov G'alaba paradi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing