Arab Ligasi sammiti deklaratsiyasi eskirgan qarashlarga asoslangan – Isroil 

Olam

image_2025-03-05_02-18-50

Kecha, 4 dekabr kuni Qohirada bo‘lib o‘tgan sammit yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Arab Ligasi deklaratsiyasi “eskirgan qarashlarga asoslangan”. Bu haqda Isroil Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Oren Marmorshteyn bayonot berdi.

“Arab Ligasining navbatdan tashqari sammitida qabul qilingan deklaratsiya 2023 yil 7 oktyabrdan keyingi vaziyatni aks ettirmaydi va eskirgan qarashlarga asoslanganligicha qolmoqda. Xususan, hujjatda minglab isroilliklarning o‘limiga sabab bo‘lgan va yuzlab odamlarni o‘g‘irlab ketgan HAMASning shafqatsiz terror hujumi haqida so‘z yuritilmagan, yaxshi hujjatlashtirilgan vahshiyliklari hamda Isroil va mintaqaga tahdid solayotganiga qaramay, bu halokatli terrorchi HAMAS tashkiloti qoralanmagan”, deya iddao qildi Marmorshteyn.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “77 yil davomida arab davlatlari falastinliklarni Isroilga qarshi piyoda qilib, ularni abadiy qochqin maqomiga mahkum etib keladi”.

Trampning G‘azoni egallash g‘oyasini dunyo qanday qabul qildi? north_east

Trampning G‘azoni egallash g‘oyasini dunyo qanday qabul qildi?

“Arab Ligasi deklaratsiyasi Falastin milliy ma’muriyati va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam va ishlar agentligi (UNRWA)ga tayanishda davom etadi. Bu ikkala tashkilot ham korrupsiya, terrorizmni qo‘llab-quvvatlash va muammolarni hal qila olmasligini bir necha bor namoyish etgan”, deb davom etdi Isroil Tashqi ishlar vazirligi so‘zlovchisi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, endi AQSH Prezidenti Donald Trampning g‘oyasi bilan G‘azo aholisi o‘z ixtiyoriga ko‘ra erkin tanlov qilish imkoniyatiga ega va Falastin anklavini tark etishi mumkin. Ma’lumki, AQSH Prezidenti Donald Tramp 4 fevral kuni Oq uyda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashuvdan so‘ng Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektorini nazorat ostiga olishini aytgandi. Shundan so‘ng u G‘azo aholisini ko‘chirish va u yerni “Yaqin Sharq Riverasi”ga aylantirish haqida bir necha bor takrorladi hamda ko‘chirilgan g‘azoliklar ortga qaytmasligini ham aniq aytdi.

“Buni rag‘batlantirish kerak. Buning o‘rniga arab davlatlari adolatli imkoniyat bermasdan, bu imkoniyatni rad etdi va Isroilga qarshi asossiz ayblovlarni davom ettirmoqda”, deya qo‘shimcha qildi u,

Eslatib o‘tamiz,  kecha, 4 mart kuni Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi raisligida Falastin Davlati iltimosiga binoan favqulodda arab sammiti bo‘lib o‘tgandi. Sammit ishtirokchilari Misr tomonidan tayyorlangan G‘azoni qayta qurish rejasi va yakuniy deklaratsiyani bir ovozdan qabul qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo Arab Ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing