AQSH G‘azo sektoriga egalik qiladi – Tramp (video)
Olam
−
05 fevral
4935AQSH Prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar G‘azo sektorini nazorat ostiga olishini aytdi. Bu haqda u kecha, 4 fevral kuni Oq uyda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashuvdan so‘ng so‘z ochdi.
“Biz egalik qilamiz. AQSH G‘azo sektorini nazorat qiladi, biz u bilan ishlaymiz. Biz unga egalik qilamiz va u yerdan barcha xavfli portlamagan bombalar va boshqa qurollarni olib tashlash uchun javobgar bo‘lamiz. Kerak bo‘lsa, qilamiz, bu sohani o‘z nazoratimizga olamiz, rivojlantiramiz, minglab ish o‘rinlari yaratamiz. Bu butun Yaqin Sharq faxrlanishi mumkin bo‘lgan narsa bo‘ladi”, dedi Oq uy rahbari.
U yerda kim yashashi haqidagi savolga respublikachi G‘azo sektori “tinchlik xalqi” va “Yaqin Sharq Rivera”si uchun uyga aylanishi mumkinligini aytdi.
“Men uzoq muddatli mulkchilik holatini ko‘rmoqdaman va buni Yaqin Sharqning bu qismiga ko‘proq barqarorlik olib keladi deb bilaman. Men buni ko‘p oylar davomida juda diqqat bilan o‘rganib chiqdim ”, deb davom etdi Tramp.
G‘azoga AQSH qo‘shinlarini jo‘natish kerakmi degan savolga Tramp: “Kerak bo‘lganini qilamiz”, deb javob berdi.
“Men Isroilni yaxshi ko‘raman. Men u yerga boraman, G‘azoga boraman, Saudiya Arabistoniga va butun Yaqin Sharqning boshqa joylariga boraman”, deb va’da berdi Oq uy egasi.
Netanyaxu esa bu so‘zlarni ijobiy qabul qildi. Isroil Bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, Tramp “yangi g‘oyalar bilan o‘ylaydi” va “an’anaviy tafakkurni yo‘q qilishga tayyorligini namoyish etadi”.
Yanvar oyi oxirida Tramp arab davlatlarini G‘azo sektoridan ko‘proq qochqinlarni qabul qilishga chaqirib, ular Falastin arablari uchun bu sektordan tashqarida “balki tinch yashashlari mumkin bo‘lgan” uylar qurishlari kerakligini aytgan edi.
“Odamlar orqaga qaytishlari kerak deb o‘ylamayman. Hozir G‘azoda yashashning iloji yo‘q. Menimcha, bizga boshqa joy kerak. Menimcha, bu yer odamlarni xursand qiladigan joy bo‘lishi kerak”, dedi Tramp.
1 fevral kuni Qohirada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Misr, Iordaniya, BAA, Saudiya Arabistoni va Qatar Tashqi ishlar vazirlari Trampning G‘azo aholisini boshqa arab davlatlariga evakuatsiya qilish haqidagi taklifini rad etishdi. Qo‘shma bayonotda Tashqi ishlar vazirlari “falastinliklarni o‘z yerlaridan ko‘chirish yoki ko‘chirishni rag‘batlantirish”ga qarshi chiqishdi.
Trampning taklifi allaqachon AQSH siyosatchilari tomonidan tanqidga uchragan. Demokrat senator Kris Myorfining aytishicha, Prezident “aqldan ozgan”.
“U butunlay aqldan ozgan. AQSHning G‘azoga bostirib kirishi minglab amerikalik askarlarning o‘limiga va Yaqin Sharqda o‘n yillik urushga olib keladi. Bu yomon, kasal hazilga o‘xshaydi”, deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida
Tramp tarafdori va Janubiy Karolinadan respublikachi senator Lindsi Grem ham bunga shubha bildirdi.
“Keling, arab do‘stlarimiz bu haqda nima deyishlarini ko‘raylik. O‘ylaymanki, ko‘pchilik janubiy karolinaliklar G‘azoni egallash uchun amerikaliklarni yuborishdan xushlamasa kerak. Menimcha, bu muammoli bo‘lishi mumkin, lekin men ochiq fikrda bo‘laman”, dedi u.
LiveBarchasi