Apple rekord darajada daromad ko‘rganini e’lon qildi

Texnologiya

image

Apple kompaniyasi o‘z tarixida ilk bor bir moliyaviy chorakda 100 milliard dollardan ko‘proq daromad oldi. Bu haqda "CNBC News" xabar bergan. 

Apple o‘zining 2021 moliya yili uchun birinchi chorakdagi daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyasida eng yuqori daromadni qayd etgan, ya’ni 111,4 milliard dollar. 

Qayd etilishicha, savdo hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21 foizga oshgan.

Avvalroq, dunyoda Apple qurilmalarining faol o‘rnatilgan bazasi 1,65 mlrdga yetgani haqida xabar bergandik.

Shuningdek, Apple Amazon va Google’ni ortda qoldirib, dunyodagi eng qimmat brendga aylanib olgani ham aytilgandi.

Ma’lumot uchun, 1976 yilda tashkil etilgan Apple kompaniyasi iPhone, iPad, iMac, MacBook, iPod va boshqa yuqori texnologik uskunalarni ishlab chiqaradi.


Maqola muallifi

Teglar

Apple

Baholaganlar

103

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing