Anomal yoz: Toshkentda yana avariya sabab elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Mirobod va Yashnobod tumanlarining ba’zi hududlarida “Hosilot” podstansiyasidagi avariya sabab elektr ta’minoti tizimida uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda shahar hokimiyati matbuot xizmati ma’lum qildi

Keltirilishicha, bugun, 10 iyun kuni soat 18:27 da Yashnobod hamda Mirobod tumanlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110/35/10 “Hosilot” podstansiyasida nosozlik yuzaga kelgan. Oqibatda Mirobod tumanining "Oltinko‘l",  "Fayzobod", "Oq uy", "Fitrat", "Qorasuv", "Furqat", "Sarakul", "Tong yulduzi" MFYlari hududlarida;

Yashnobod tumanining Aviasozlar, Aviasozlar 1, 3, 4-mavzelari, 58-sonli Harbiylar shaharchasi, Katta Yangiobod, Elbek, Alimkent, Asalobod 2-mavze, Zangori, Birlashgan, Qirg‘izboy ota, Oydinko‘l, Zanjirsaroy, Xusnobod, Xislat, Prokuratura, Ohangaron, Donishmand, Nodirabegim hamda Shirmonbuloq ko‘chalari hududida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilgan. 

Ayni paytda nosozlikni bartaraf qilish uchun choralar ko‘rilayotgani hamda tez fursatda tiklash ishlari olib borilib, iste’molchilar qayta tarmoqqa ulanishi ma’lum qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 9 iyun kuni poytaxtning 6 ta tumanida elektr ta’minoti vaqtincha cheklab qo‘yilgandi. Bunga sabab qilib “tarmoqda avariya holatlarining oldini olish, hamda ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish” keltirilgan. 7 iyun kuni ham shaharning 4 ta tumanidagi ba’zi hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

elektr Toshkent tarmoqdagi uzilishlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing