Bugun Toshkentning 4 tumani aholisi “svet”siz qoladi
Jamiyat
−
07 iyun 2023
7611Ta’mirlash ishlari sababli bugun, 7 iyun kuni Toshkent shahrining Uchtepa, Bektemir, Yashnobod hamda Chilonzor tumanlari hududidagi ayrim aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi soat 17:00 ga qadar vaqtinchalik o‘chirildi. Bu haqda poytaxt hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Quyida elektr energiyasida uzilish bo‘ladigan hududlar bilan tanishishingiz mumkin:
- Bektemir tumani “Nurli yo‘l” mahallasining Bektemir hamda Shodiyona ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;
- Uchtepa tumani “Sharq yulduzi” mahallasining Durbek, Durbek 4-tor hamda Lochin ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;
- Yashnobod tumani Pahlavon Mahmud va Mahmur, “Arg‘in” mahallasining Abadiyat ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida;
- Chilonzor tumani Lutfiy va Bog‘iston ko‘chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chirildi.