Angliya chempionati 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi
Sport
−
13 avgust 5144 1 daqiqa
Angliya Premer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumidagi 1-tur o‘yinlari “Liverpul”ning marhum futbolchisi Diogu Jota va uning ukasi Andre Silvani xotirlash maqsadida bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 1-tur uchrashuvlarida futbolchilar qora rangli bog‘ich taqib o‘ynaydi. Bu avtohalokat oqibatida vafot etgan portugaliyalik futbolchilar Diogu Jota va uning ukasi Andre Silvaning xotirasiga hurmat ramzi ma’nosida amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 iyul kuni aka-uka futbolchilar Ispaniyada birgalikda halok bo‘lgandi. Jota 2020 yildan beri “Liverpul” safida to‘p surib kelardi. “Qizillar” tarkibida u Angliya Premer-ligasida va ichki kuboklarda g‘alaba qozongan. Portugaliya terma jamoasi bilan esa UEFA Millatlar ligasi chempioni bo‘lgan.
Live
Barchasi